Majburiy ijro byurosining Koson tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor R.U.dan 17 million 820 ming so‘m miqdoridagi jinoiy jarimani undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushdi.
Ma’lum bo‘lishicha, u boshqa bir fuqaroni “ishga joylashtirib qo‘yish”ni va’da qilgan, ammo rejasi amalga oshmay, bu harakati oqibatida javobgarlikka tortilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudining 2024-yil 26-dekabrdagi qarori bilan R.U. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan aybli deb topildi hamda unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 54 baravari miqdorida jinoiy jarima tayinlandi.
Ijro harakatlari jarayonida qarzdorga belgilangan ixtiyoriy muddat ichida jarimani to‘lash haqida bir necha bor ogohlantirishlar berildi. Biroq u majburiyatni bajarmagani sababli, Byuroning Koson tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi.
Natijada, qarzdor belgilangan jarimani to‘liq to‘lab berdi.
Fuqarolarni bu kabi firibgarliklardan ehtiyot bo‘lishga, ishga joylashish yoki boshqa xizmatlar uchun faqat rasmiy va qonuniy yo‘llarni tanlashga chaqirib qolamiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!