date

Kredit qarzdorligi sababli issiqxona xatlandi

Kredit qarzdorligi sababli issiqxona xatlandi

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan bank kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Misol uchun, viloyatda faoliyat yuritayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining “Agrobank” ATB Qashqadaryo viloyat filiali oldida 1,2 milliard so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligi mavjud bo‘lgan.

Sud qarori asosida mazkur qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjati 2025-yil 24 sentyabr kuni Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, jamiyat qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lashi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Biroq qarzdorlik qoplanmagani sababli, barcha qonuniy choralari ko‘rildi. Xususan, MCHJning bankdagi hisob raqamiga band solindi, shuningdek, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli issiqxona xatlab olindi.

Agar qarzdorlik yaqin vaqt ichida qoplanmasa, issiqxona auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘ esa kredit qarzdorligini qoplashga yo‘naltiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit qarzdorligi sababli issiqxona xatlandi