18:35 / 29.12.2016
7 096

Benzindan "urib qolish" bilan shug‘ullangan AYoQSh fosh qilindi

Benzindan "urib qolish" bilan shug‘ullangan AYoQSh fosh qilindi

"O‘zdavneftgazinspeksiya" Samarqand hududiy bo‘limi tomonidan neft mahsulotlari sotuvi bo‘yicha olib borgan o‘rganish davomida bir qator savdo qoidalari buzilishi holatlarini aniqladi. Bu haqda "Zarafshon" nashriga asoslanib Sputnik agentligi xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ayrim shoxobchalarda yoqilg‘idan "urib qolish", mahsulot sifati bo‘yicha yolg‘on ma’lumot berish holatlari qayd etilgan.

"Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasida joylashgan "Dinora" MChJga qarashli AYoQShda AI-80 rusumli avtobenzin "AI-91 rusumli avtobenzin" deb 1-sonli Ai-91 rusumli avtobenzin tarqatish uchun mo‘ljallangan uskunadan 3000 so‘mdan sotilayotgani etmagandek, har 10 litrga 0,7 litr kam avtobenzin quyilayotganligi oshkor bo‘ldi. Iste’molchilarni osongina laqillatish maqsadida bo‘lsa kerak, AYoQShda mahsulot narxlari ham ko‘rsatilmagan. Paxtachi tumani "Zafar Osiyo petrol" xususiy korxonasiga qarashli AYoQShda ham AI-80 rusumli benzinni AI-95 rusumli mahsulot o‘rnida pullashgan. AYoQShda elektr energiyasi uzilganligi vaj qilib ko‘rsatilib, nostandart idishlar orqali xaridorlarga har 5 litr benzindan 750 millilitr kam quyib sotilmoqda", — deyiladi xabarda.

"O‘zdavneftgazinspeksiya"si tomonidan neft-gaz mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar huquqi himoya qilinadi. Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlarga oyoq qo‘yish hollariga munosib ravishda baho beriladi.

"Tekshirishlar davomida yuqoridagi salbiy holatlarning barchasiga to‘siq qo‘yildi. Qoidabuzarliklar bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun tegishli organlarga yuborildi", — deyilgan xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Benzindan "urib qolish" bilan shug‘ullangan AYoQSh fosh qilindi