Ohangaron shahar hokimi ishdan olindi


Ohangaron shahrida hokim almashdi. Bu haqda UPL muxbiri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev ishda yo‘l qo‘yilgan xatolar sabab ishdan olingan. U 2024-yil fevralidan beri shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shahar hokimining yangi o‘rinbosari etib Sadriddin Shokosimov tayinlandi. U ushbu lavozimga tayinlanishidan avval shahar hokimining o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…