
Tayvanning Tybey shahridagi maktablardagi sifatsiz taomdan kamida 498 kishi zaharlangan. Ba haqda Tayvan Maraziy axborot agentligiga asoslangan holda Kun.uz xabar qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Taybeydagi to‘rtta boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida zaharlanish hollari 6 yanvar kuni kuzatila boshlangan. 7 nafar bolaga gastroenterit (oshqozon va ichak shilliq pardasining virus va bakteriyalar tufayli kasallanishi) tashxisi qo‘yilgan, biroq, ularni shifoxonaga yotqizish talab qilinmagan.
Shundan so‘ng, shahar ma’muriyati ta’lim maskanlariga taom etkazib beradigan firmalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga ko‘rsatma bergan. Taomlar namunalari ekspertizaga yuborilgan, tahlil xulosasi 15 kunda ma’lum qilinishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar