
Mana bir necha kundirki, Moskvada polisiya tomonidan farzandi olib qo‘yilgan Nilufar Mamasaidova bilan bog‘liq voqea hozircha echimini topgani yo‘q.
Bugun Nilufarni Rossiyadan chiqarib yuborish bo‘yicha qaror qabul qilinishi uchun uni Kunsevo tuman sudiga olib borishmoqchi, deb yozadi Sputnik agentligi.
Bir necha kun oldin Moskvada o‘zbekistonlik Nilufar Mamasaidovaning emizikli bolasi polisiya tomonidan olib qo‘yilgan edi. O‘zi va bolasining hujjatlari yo‘qolgan Mamasaidovaga O‘zbekiston elchixonasi tezkorlik bilan hujjatlarini tiklashga yordam bergani va bolasini qaytarish uchun elchixona tomonidan huquqshunos yordami ham ko‘rsatilayotgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar