date

Uchko‘prikda 70 million so‘mlik soliq qarzi undirildi

Uchko‘prikda 70 million so‘mlik soliq qarzi undirildi

Majburiy ijro byurosining Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan samarali choralar natijasida tuman iqtisodiyotiga salmoqli mablag‘ qaytarildi. Xususan, “B.G.” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 70 million so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligi undirilib, tegishli hujjatlar asosida davlat byudjetiga o‘tkazildi.

Byuro xodimlari tomonidan soliq qarzdorlarini aniqlash va ular bilan ishlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda. Bu esa nafaqat davlat byudjeti manfaatlarini himoya qilish, balki tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy intizomini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

Uchqo‘prik tuman bo‘limi mas’ullarining ta’kidlashicha, ushbu ish mamlakatimizdagi soliq madaniyatini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning amaldagi ifodasidir.

Majburiy ijro byurosi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga qonun talablariga rioya qilish, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish orqali mamlakat rivojiga hissa qo‘shish zarurligini eslatib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchko‘prikda 70 million so‘mlik soliq qarzi undirildi