Xitoyning Guansi-Chjuansk muxtor hududidagi Daxua-Yaosk muxtor uezdida joylashgan Xechi shahri sudi mafiya tashkilotining 44 nafar a’zosini kazino tashkil qilganlik va boshqa jinoyatlar uchun turli muddatlarga qamash haqida hukm chiqardi, deb yozadi Kun.uz sayti.
«Sinxua» agentligi xabariga ko‘ra, 2010 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan muddat davomida guruh a’zolari Ichjou shahrida bir qator zo‘ravonlik jinoyatlari sodir etishgan. Hukm qilinganlar shuningdek, tovlamachilik, mahalliy korxonalar egalariga tahdid va shantajlar qilish kabi jinoyatlar bilan shug‘ullangani aniqlangan. Mafiyaning daromadi oyiga o‘rtacha 500 ming yuanni (73 ming dollar) tashkil qilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, jinoiy guruh rahbarlari 25 yil va 22 yil muddatga qamaldi. Bundan tashqari ularning mol-mulki musodara etilgan.
Tashkilotning yana 42 a’zosiga 10 oydan 20 yilgacha bo‘lgan qamoq jazolari berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi