01:33 / 23.01.2017
8 131

Nurafshon ko‘chasida Moliya instituti talabasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi

Nurafshon ko‘chasida Moliya instituti talabasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi

21 yanvar kuni kechasi Toshkent shahrining Nurafshon ko‘chasida yirik avtohalokat yuz berdi. Bu haqda “Voditeli Tashkenta” guruhiga asoslanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda. Guruhda tarqalgan suratlar halokatning ayanchli tarzda yakun topganini ko‘rsatadi.

Cobalt va Lacetti avtomobillarining to‘qnashuvi katta tezlikda harakatlanish oqibatida yuzaga kelgan, deya taxmin qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida har ikkala avtomobilning haydovchilari jiddiy darajada jarohat olgan, asosiysi, ular tirik.

Guvohlarning aytishicha, Cobalt rusumli avtoulovning haydovchisi ayol kishi bo‘lgan, u Toshkentdagi restoranlardan biridan chiqib ketayotgan edi, deyiladi xabarda. “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri uni restorandan shirakayf holatda chiqqanini ko‘rganligini aytdi. Yana bir ishtirokchi esa buni inkor etib, ayolni aslida tibbiyot xodimi ekanligini va chaqiruv sabab tezlikni oshirganini yozib qoldirgan.

Lacetti avtomobili haydovchisi esa talaba ekanligi aniqlandi. Guvohlarning aytishicha, asli Navoiy viloyatidan bo‘lgan talaba Toshkent Davlat moliya institutining 3-bosqichida tahsil olgan.

Ayni vaqtda har ikkala haydovchi ham shifoxonada. Tongmi yoki tun, xullas, har qaysi vaziyatda, har qanday ob-havo sharoitida yo‘l qoidalariga rioya qilish foyda zarur. Mazkur YTH yo‘l qoidalarini pisand qilmaslik oqibatida kelib chiqqan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yo‘llarda diqqatli bo‘lish orqali nafaqat boshqalarning, balki o‘zimizning molimizni ham, jonimizni ham asragan bo‘lamiz. Axir yo‘l qoidasi – umr foydasi, deb bejizga aytishmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurafshon ko‘chasida Moliya instituti talabasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi