14:16 / 25.01.2017
6 752

Qirg‘izistonda Turkiyadan terrorchilarga qalbaki pullar etkazib berish yo‘lagi fosh etildi

Qirg‘izistonda Turkiyadan terrorchilarga qalbaki pullar etkazib berish yo‘lagi fosh etildi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Turkiyadan respublikaga yuqori sifatli qalbaki dollarlar olib kirilishining oldini olishdi. U mamlakat hududidagi terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishni ko‘zda tutgan, deb xabar berdi Kun.uz sayti.

"Qirg‘iziston Respublikasi MXDQning terrorchilikka qarshi kurash tadbirlari doirasida terrorchilikni moliyalashtirish maqsadida xorijiy valyutani tayyorlash, o‘tkazish va sotish bo‘yicha uyushgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi", - deyilgan matbuot xizmati.

MXDQning ma’lum qilishicha, avvalroq Qirg‘izistonda respublikaga Turkiyadan umumiy qiymati 56 ming dollar bo‘lgan qalbaki pul qozog‘larini noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan xorijlik fuqarolar qo‘lga olingan. Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. "Yirik miqdordagi mablag‘larning aniqlanishi tufayli MXDQ boshqa davlatlar tegishli tuzilmalari bilan sheriklik aloqalariga e’tibor qaratmoqda", - deya ta’kidlab o‘tishgan davlat qo‘mitasida.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, qalbaki dollarlar “yuqori texnologiyalar darajasida” tayyorlangan. MXDQning ma’lum qilishicha, mahkama Qirg‘izistonga qalbaki valyutani olib kirishda Istanbulda yashirinayotgan qirg‘iz fuqarolari Mansur Suvonov va Ilyos Sobirovlarning aloqasi borligini gumon qilmoqda. Sobirov Qirg‘iziston tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan. Uni Bishkekdagi Xitoy elchixonasi hududida o‘tgan yilning 30 avgust kuni terakt sodir etishda ayblashmoqda.

Ma’lumot uchun, 2016 yilning 30 avgust kuni ertalab Xitoy Xalq Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi elchixonasi darvozasi yonida portlash sodir bo‘lgandi. Diplomatik xodimlardan hech biri jarohat olmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘izistonda Turkiyadan terrorchilarga qalbaki pullar etkazib berish yo‘lagi fosh etildi