Qo‘shko‘pirda ota aliment pulini oldindan to‘ladi

Qo‘shko‘pirda ota aliment pulini oldindan to‘ladi
Qisqacha

Qushkupirda qarzdor I.D. o'z farzandining moddiy ta'minoti uchun to'lanishi kerak bo'lgan 70 million so'm aliмент pulini oldindan to'lagan. Bu qaror Urganch tumanlararo sudining 2013 yilgi qaroriga asoslanadi. Davlat ijrochisi Sh. Palvanov tomonidan hisob-kitob qilinganida, aliментdan qolgan summa aniqlangan va to'lov amalga oshirilgan.

Qarzdor I.D. Byuroning Qo‘shko‘pir tumani bo‘limiga kelib farzandining moddiy ta’minoti uchun to‘lab kelayotgan aliment pullarini qolgan qismini, ya’ni farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davrni hisoblab berishni so‘radi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 08.04.2013-yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Q.M. foydasiga qarzdor I.D.dan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Bo‘lim davlat ijrochisi Sh.Palvanov qarzdor I.D.ning murojaatidan kelib chiqib, uning farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davrda aliment pullarini qayta hisob-kitob qilganida alimentdan qolgan qismi 70 mln. so‘mni tashkil qilgan va qarzdor I.D. tomonidan ushbu 70 mln. so‘m undiruvchi Q.M.ga tilxat asosida topshirilib, ijro ishi tamomlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar