date

Yana bir oila tiklandi

Yana bir oila tiklandi

Er va xotinning ajrimiga o‘rtadagi o‘zaro oilaviy tushunmovchiliklar sabab bo‘lib, voyaga yetmagan ikki nafar farzandlar onasi qaramog‘ida bo‘lgan. Undiruvchi esa voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun sudga da’vo ariza bilan murojaat qilgan va da’vo talabi qanoatlantirilib, Byuroning Sergeli tuman bo‘limi ish yurituviga aliment undiruviga oid ijro hujjati kelib tushgan.

Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi ish yurituviga, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 24.09.2025-yildagi ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor A.B.dan undiruvchi G.A.ning foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandlari ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 30.09.2025-yilda kelib tushgan.

Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi S.Abduvosiqov tomonidan tomonlarga olib borilgan huquqiy tushuntirish ishlari natijasida, qarzdor ota farzandlarining taqdiriga befarq bo‘lmay, oilani tiklashga qaror qilib, tomonlar yarashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir oila tiklandi