02:01 / 29.01.2017
15 588

Buyuk ishlar uchun yaralgan umr: Islom Karimov haqida hujjatli film

Buyuk ishlar uchun yaralgan umr: Islom Karimov haqida hujjatli film

30-yanvar kuni soat 19.00da my5 kanalida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov haqida hujjatli film namoyish etiladi. Bu haqda facebook ijtimoiy tarmog‘idagi xabarga asoslanib Sputnik yozmoqda.

Bu film mamlakatning eng og‘ir va murakkab burilish davrida unga etakchilik qilishda o‘zida kuch topa olgan inson — Islom Karimov haqida.

Filmda Islom Karimov hayoti, buyuk madaniyat va tarixga ega bo‘lgan xalqni hurlikka etaklagan davrlari, mamlakat tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari, O‘zbekistonni hech kimdan kam bo‘lmagan davlatga aylantirishi, qolaversa, bugungi yorug‘ kunlarga erishishdagi sobitqadamligi va jasorati aks ettiriladi.

Bularning bari oddiy emas…

Chunki bu umr — Buyuk ishlar uchun yaralgan umr!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buyuk ishlar uchun yaralgan umr: Islom Karimov haqida hujjatli film