14 053
Rahmatulloh qori Sayfuddinov qiziqchilarni tanqid qilib, “Million” jamoasini ma’naviyatni buzishda aybladi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Yunusobod tumani bosh imom-xatibi, Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi, “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh qori Sayfuddinovning ayrim “san’atkor”lar, kulgu ustalari haqidagi ma’ruzasi tarqaldi. Ushbu ma’ruza tasvirlangan videoni xonanda Nargiz ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Ma’ruzada shunday deyiladi:
“Faqat fahsh, o‘yin so‘zlardan foydalanib, buni ommaviy axborot vositalariga, televidenie, internet orqali odamlar e’tiboriga havola qilish, shu bilan tirikchilik qilishga o‘tib, o‘zlarini “san’atkor” deb atayotgan ba’zi bir guruhlarni ko‘rayapmiz. Bir-ikki yil davomida lisenziyasini olib qo‘yilsa ham, ularning ko‘zi ochilmadi. Haqiqatan ham halqning, millatning tarbiyasini buzadigan shaytonlar ular”.
Rahmatulloh qori Sayfuddinov o‘z so‘zida davom etar ekan, odamlarni fahsh yo‘l bilan kuldirishga harakat qilib, xalqning ma’naviyatini buzayotganlarga qarata Qur’oni Karimda yozilgan oyatlarni keltirib o‘tgan.
“Millatning ma’naviyatini yuksaltirish uchun qayg‘urib hamma qo‘lidan kelganicha xizmat qilayapti. Lekin millat orasida fahshni yoyish bilan do‘stlik havola qilinmaydi. Millatning dushmani ekani ko‘rsatiladi”, deydi Sayfuddinov.
Bugungi kunda yurtimizda halqqa kulgu ulashish uchun sahnaga chiqayotganlarning hammasini ham buni chin ma’noda uddasidan chiqa olyapti, deb ayta olmaymiz.To‘g‘ri, kuldirishning turli yo‘llari, usullari bor. Biroq 2 soatlik kulgu ba’zan yoshlar ma’naviyatini buzish uchun bir necha yilga etadigan qurol bo‘lib xizmat qilib qolayotganiga ham guvoh bo‘lyapmiz.
Garchi ma’ruzadagi tanqidda aynan “Million”, “Dizayn” jamolarini tilga olinmagan bo‘lsa-da, aytilgan gaplarning bir uchi ularga ham tegishli ekanini anglash anglash qiyin emas. Bois bundan ikki yil avval, “Million” jamoasining lisenziyasi olib qo‘yilgani haqida gap-so‘zlar bolalagan edi. Rahmatulloh qori Sayfuddinov ham aynan shuni nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas.
Aslida nomaqbul hazillar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Obid Asomov, Mirzabek Holmedovdan tortib, “Handalak”, “Qahqaha” guruhlarining hazillarida ham topiladi. Ba’zan ularniki “Million” va “Dizay”nikidan o‘tsa o‘tadiki, kam bo‘lmaydi. Shu sabab Rahmatulloh qori Sayfuddinovning va xalqning tanqididan qiziqchililarimiz to‘g‘ri xulosa chiqarsa, yomon bo‘lmasdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi