O‘zbekistonda o‘n uchinchi bora o‘tkazilayotgan "Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiylashuvidagi yangi yo‘nalishlar" Xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi.
Anjumanning birinchi kunida "Sen yolg'iz emassan" respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillaeva ijtimoiy inklyuziya mavzusiga bag‘ishlangan ma’ruzasini taqdim etdi. Unda xayriya tashkiloti va markaz faoliyati haqida bir qator ma’lumotlar keltirib o‘tildi. Ishtirokchilarga maxsus taqdimot namoyish etildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Lola Karimova-Tillaeva "Sen yolg'iz emassan" RJBJ va RBIMMda ota-ona qaramog‘isiz qolgan, imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan oila farzandlariga har tomonlama yordam berish masalasi bo‘yicha katta tajribaga ega ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, tashkilotlar faoliyati davomida 15000 bola manzilli yordam olgani aytib o‘tildi.
Anjumanda vazirlik rahbarlari, YuNISEF, YuNESKO, BMT Taraqqiyot dasturi tashkilotlari vakillari, qolaversa, Avstriya, Belarus, Germaniya, Isroil, Irlandiya, Italiya, Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlar ham ishtirok etishdi.
Ikki kun davomida o‘tkaziladigan tadbirda xorijiy mutaxassislarning ish tajribasi bilan yaqindan tanishish va ulardan kerakli maslahat hamda takliflarni olish, sohadagi yutuqlar haqida o‘zaro fikrlar almashish maqsad qilingan. Shuningdek, himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy inklyuziyasi borasidagi ishlarni rivojlantirishning aniq strategiyasi tuziladi.
Xalqaro konferensiya yakunida imkoniyati cheklangan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning qiziqishlari hamda imkoniyatlarini inobatga olgan holda ijtimoiy muhofaza qilish va integrasiyalash samaradorligini oshirish, ularni to‘laqonli mustaqil hayot kechirishi uchun kasbiy va jismoniy tayyorlash tizimi bo‘yicha kerakli tavsiyalar ishlab chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi