
Toshkent viloyatida futbol o‘ynab yurgan paytida koptoki daryoga tushib ketgan 15 yoshli bolaning hayoti fojia bilan yakunlandi. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 7 dekabr kuni uyi oldida do‘stlari bilan o‘ynab yurgan Chirchiq shahrilik o‘quvchi U.F. ko‘rinmay qolgani haqida ota-onasi politsiyaga murojaat qilgan.
Tekshiruvlar davomida bola koptokni olish uchun Chirchiq daryosiga tushgani, ammo ehtiyotsizlik oqibatida suvga g‘arq bo‘lgani aniqlangan. Qidiruv ishlari natijasida o‘quvchi afsuski o‘lik holda topilgan.
Prokuratura tomonidan hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv amalga oshirilmoqda. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, natijalar haqida qo‘shimcha axborot beriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.