Erkak rashk sababli rafiqasining ikki qulog‘ini kesib tashladi


Afg‘onistonning Balx viloyatida erkak rashk sababli 23 yashar xotinining ikki qulog‘ini kesib tashlagan.
Jabrlangan ayol hozirda kasalxonada bo‘lib, uning so‘zlariga ko‘ra u 13 yoshida turmushga chiqqan. 10 yil ichida ayol erining unga yaxshi munosabatda bo‘lganini eslay olmaydi. Eri uni tinimsiz rashk qilgan. Ayolning ota-onasini yo‘qlab kelishi ham rashk va janjallarga sabab bo‘lgan. Bu haqida "Diydoraziz" xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra er xotinini bu ahvolga solgach, qochib ketgan va u ayni vaqtda qidirilmoqda.
Afg‘oniston parlamenti oilada ayollar va bolalarga zo‘ravonlikni taqiqlovchi qonunlarni qabul qilgan bo‘lsada, ular sobiq prezident Hamid Karzay va amaldagi davlat rahbari Ashraf G‘ani tomonidan ham imzolanmagan.





























Izohlar 0
…