Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Mamlakatimizda yangi sanoat korxonalari, madaniyat va sport inshootlari, ta’lim maskanlari, savdo markazlari, shifoxonalar, turar joylar, yo‘llar va ko‘priklar barpo etish, mavjudlarini zamon talablari darajasida tubdan rekonstruksiya qilish ishlari izchil davom etmoqda. Bugun poytaxtimiz o‘zining tarixiy jozibasini saqlagan holda yangilanib, uzoqni o‘ylab tuzilgan reja asosida rivojlanib bormoqda.
Davlatimiz rahbari poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan joyda qurilayotgan yo‘l o‘tkazgich bilan tanishdi.
Quruvchilarimiz bu kabi ulkan bunyodkorlik ishlarining hadisini olgan. Bugun Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishgan chorrahada tirbandlik yuzaga kelib, haydovchi va yo‘lovchilarning ortiqcha vaqt yo‘qotishiga, yoqilg‘i sarfi oshib, atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘layotir.
Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo‘lgan 6 polosali mazkur yo‘l o‘tkazgich nafaqat haydovchilar va piyodalarga, balki shu erda yashayotgan aholiga ham bir qancha qulayliklar yaratadi.
Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo‘lgan ikkita er usti o‘tish yo‘lagi ham barpo etilmoqda. Yog‘in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilayotir.
Prezidentimiz qurilishning borishi bilan tanishar ekan, mamlakatimizda kundan-kunga aholining yashash farovonligi oshib, xonadonlarda mashinalar ko‘payayotgani, poytaxt ko‘chalarida avtomobil qatnovining kengayayotganini inobatga olish, buning uchun qo‘shimcha yo‘llar va ko‘priklar barpo etishga ehtiyoj sezilayotganini alohida ta’kidladi.
Quruvchilarga ishning tez va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
Ko‘prik Navro‘z bayrami arafasida ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar