Hindiston janubidagi Chennai shahrilik tibbiyotchilar ayol boshidan suvarakni chiqarib olishdi. Ma’lum bo‘lishicha, hasharot tirik bo‘lgan, deb yozadi Kun.uz sayti.
42 yoshli ayol burni qichishi tufayli yarim kechasi uyg‘onib ketgan. Keyinchalik u nafas olishga qiynalayotganini sezib, mahalliy kasalxonaga yordam so‘rab murojaat qilgan. Tibbiyot xodimlari to‘rtinchi urinishdan so‘ng bu holatga nima sabab bo‘layotganini aniqlashdi. Mutaxassislar ayolning boshi ichida hasharotni topishgan.
Mahalliy tibbiyotchilarning xabar berishicha, bemor boshiga burun orqali kirib olgan suvarak bosh miyaga juda yaqin joy – qansharida bo‘lgan. Uni chiqarib olish jarayoni 45 daqiqani talab etdi.
“Bu mening 30 yillik tajribam davomidagi birinchi shunday holat”, - dedi jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan shifokor. Uning ta’kidlashicha, u burun bo‘shlig‘idan tugmalar, munchoqlar, bo‘r va hattoki bir bor zulukni ham chiqarib olgan ekan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar