Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit halok bo‘ldi
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgdagi “Kresti-2” tergov izolyatori qurilishida O‘zbekistondan bo‘lgan quruvchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Qurilishda mehnat qilgan o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit ishlarni bajarish chog‘ida balandlikdan pastga qarab qulagan. U darhol kasalxonaga o‘ta og‘ir ahvolda etkazildi. Yigitda ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i, bosh jarohati aniqlangan. Shaharning 33-raqamli Semashko nomidagi kasalxonasida bir necha soat davomida uning hayotini saqlab qolishga urinishdi, biroq u hushiga kelmay vafot etdi.

Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar