O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari kesishuvidagi hududda barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli sport kompleksi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda "O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati"ga tayanib "Sputnik" nashri yozmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Mirziyoyev tashabbusi asosida sport kompleksning binolari ko‘kda parvoz etayotgan baxt va hurlik ramzi – Humo qushi shaklida barpo etiladi.
Inshoot ikki majmuadan iborat bo‘lib, undan 60x30 metr o‘lchamdagi asosiy va mashq muz arenalari joy oladi. Umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil etadigan inshoot to‘rt qavatdan iborat bo‘ladi.
Mobil o‘rindiqlarga ega bo‘lgan saroy sport musobaqalari o‘tkazish zali sifatida 14 ming, konsert zali sifatida 10 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Asosiy binoda 300 o‘rinli mashq arenasi ham loyihalashtirilgan.
Arenada xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa sport turlari bo‘yicha ham bellashuvlarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari majmua umumxalq bayramlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish uchun barcha sharoitga ega bo‘ladi.
Majmua hududida umumiy bosh reja konsepsiyasiga asosan sport muzeyi, bolalar uchun yopiq maydon, trenajer zallar, fitnes markazi, zamonaviy ovqatlanish shoxobchalari, sport anjomlari do‘koni va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’ektlari joylashtiriladi.
Majmuaning muhandislik tarmoqlari, yong‘in o‘chirish tizimi, yoritish, ventilyasiya, issiqlik manbai, kondisionerlash tizimlari to‘liq avtomatlashgan bo‘lib, tejamkor texnologiyalar qo‘llangan holda loyihalangan.
Bundan tashqari bino yonida avtomobillar uchun mo‘ljallangan to‘rt qavatli avtoturargoh qurilishi rejalashtirilgan.
Ob’ektni 2018 yilda ishga tushirish mo‘ljallanmoqda.
"Shavkat Mirziyoyev bunday zamonaviy sport inshootlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi, mutasaddi rahbarlarga qurilish jarayonini yuqori sifatda amalga oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi", — deyilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»