15:12 / 09.02.2017
6 126

Xitoyga kiruvchi xorijliklarning barmoq izlari olinadi

Xitoyga kiruvchi xorijliklarning barmoq izlari olinadi

Xitoyga kirib kelayotgan xorijiy mamlakat fuqarolaridan immigrasiya nazorat punktidan o‘tish chog‘ida barmoq izlarini topshirish talab etiladi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

Unga ko‘ra, XXR jamoat xavfsizligi vazirligi shunday qaror qabul qilgan. Bundan avval, Davlat kengashi yangi qoidalarni tasdiqlagan.

Shunday qilib, 14 yoshdan 70 yoshgacha mamlakatga kirib kelayotgan barcha xorijiy fuqarolar daktiloskopiya (barmoq izini olish)dan o‘tishi shart. Davlat xizmatchilari, diplomatik pasport egalari hamda rasmiy delegasiya a’zolari bundan mustasno. Shu bilan birga, ikki tomonlama kelishuvlarga binoan, ayrim hollarda istisnoga ruxsat berilishi mumkin.

Barmoq izlarini olish bo‘yicha birinchi punkt 10 fevral kuni Shenchjen shahri aeroportida ochiladi, so‘ngra boshqa chegarani kesib o‘tish joylarida paydo bo‘ladi.

Aytish joizki, barmoq izlarini olish amaliyoti dunyoning qator mamlakatlarida allaqachon yo‘lga qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyga kiruvchi xorijliklarning barmoq izlari olinadi