
Jinoyatchilik va uni oldini olish ming yillardirki dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu muammo mamlakatimizni ham chetlab o‘tmagan. Xususan, qasddan odam o‘ldirish yoki tan jarohati etkazish, mol-mulkka tajovuz qilish, firibgarlik kabi jinoyatlar sodir etilishda davom etmoqda. Ammo jinoyatlarni fosh etish va sabablarini aniqlash borasida kamchiliklar ham uchrab turibdi.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etib, nutq so‘zlagani haqida xabar bergan edik. Prezident yig‘ilish davomida jinoyat-qidiruv faoliyatida jiddiy nuqsonlar borligini va ayrim joylarda huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlik talab darajasida emasligini ta’kidlab o‘tdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Shu maqsadda O‘zbekistonda haftaning har payshanba kuni jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilindi. Bu haqdagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirildi.
Haftaning har payshanba kuni hududlar prokurorlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish bo‘yicha tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar