Bayram oldi farzandlar uchun aliment puli undirib berildi

G'allaorol tumanida bir farzandi uchun 51 mln. so'm aliment qarzi bor otaga nisbatan chora ko'rildi. Majburiy ijro byurosi xodimlari va mahalla faollari tomonlarga huquqiy hamda ma'naviy tushuntirishlar berdi. Natijada ota qarzini to'ladi, ayol esa uni kechirdi va oila yarashtirildi. Bola yana ota-onasining mehrini his eta boshladi.
Oila — jamiyatning poydevori, mehr va muhabbat maskani. Biroq ba’zan arzimas nizolar, o‘zaro tushunmovchiliklar tufayli bu muqaddas qo‘rg‘on darz ketadi...
Majburiy ijro byurosi xodimlari faqat aliment qarzdorliklarini undirish bilan cheklanib qolmay, oilalarni saqlab qolishga, bolalar baxti uchun ham harakat qilishadi.
G‘allaorol tumanida bir farzandi uchun 51 mln. so‘m aliment qarzi bor otaga nisbatan chora ko‘rilayotgan paytda, byuro xodimlari va mahalla faollari tomonlarga to‘g‘ri huquqiy va ma’naviy tushuntirishlar berdi.
Natijada, ota qarzini to‘ladi, ayol esa kechirdi. Oila yarashtirildi, bola esa yana ota-onasining mehrini his eta boshladi.































Izohlar 0
…