07:32 / 12.02.2017
8 068

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yangi loyihani taqdim etadi

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yangi loyihani taqdim etadi

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda “Toshrangmetzavod” AJ bilan hamkorlikda qattiq maishiy elektron moslamalar (chiroq lampasi, battareyka, quvvatlagich va boshqalar)dan qolgan chiqindilarni yig‘ish va talablarga ko‘ra yo‘q qilish uchun yangi loyiha ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda “Potrebitel.Uz”ga asoslanib Qalampir.uz sayti yozmoqda.

Endilikda, qattiq maishiy elektron moslamalarning chiqindilarini tashlash uchun maxsus axlat qutilari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bunday konteynerlar aholi gavjum maskanlarda, savdo shaxobchalarida o‘rnatilishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, bosqichma-bosqich bunday chiqindi turlarini yig‘ish sayyor punktlari tashkil etiladi.

Mazkur loyiha joriy yilning may oyidan boshlab amalga oshiriladi, deb javob bergan Toshkent Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Shomurod Shoxodievich Muhammedjanov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yangi loyihani taqdim etadi