
Xitoyning Xubey provinsiyasida majlisda uxlab qolgan olti amaldor jazolandi. Majlisda yalqovlarni qo‘zg‘atish va byurokratlarning sustligi mavzui muhokama qilinayotgan edi. Bu haqda "Reuters"ga tayanib "Sof.uz" xabar bermoqda.
Uyquchilarning biri ta’minlanmagan fuqarolarga yashash joyi berishni subsidiyalovchi jamg‘armaning direktor o‘rinbosari. Boshqasi esa shahar rejalashtirish byurosida Xitoy kompartiyasi kotibining o‘rinbosari lavozimida xizmat qiladi.
Uxlab qolgan mansabdorlarning mahalliy gazetada bosilgan fotosurati Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida qizg‘in muhokma qilindi. Mavzuni boshqa nashrlar ilib ketgach, hukumat ham munosabat bildirdi.
Mahalliy kompartiya intizomiy byurosining qaroriga ko‘ra, aybdor mansabdorlar o‘z xatti-harakati uchun omma oldida uzr so‘raydi va partiya shahar qo‘mitasiga o‘z-o‘zini tanqid ruhida batafsil xat yo‘llaydi.
Yanvar oyida Xitoy Xalq siyosiy konsultativ kengashi Umumxitoy qo‘mitasi raisi 116 mln yuan (16,8 mln dollar) pora olganligi uchun umrbod qamoqqa hukm qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar