«Koinot go‘zali — 2017» da O‘zbekistondan to‘rt ishtirokchi qatnashmoqda

Jamiyat1 daqiqa o'qish10.6K
«Koinot go‘zali — 2017» da O‘zbekistondan to‘rt ishtirokchi qatnashmoqda
«Koinot go‘zali — 2017» da O‘zbekistondan to‘rt ishtirokchi qatnashmoqda

«Koinot go‘zali — 2017» xalqaro go‘zallik tanlovining chorak final bosqichida o‘zbekistonlik to‘rt nafar sohibjamol keyingi bosqichga chiqish uchun bellashadi.

Ishtirokchilarga ovoz berish joriy yilning 17 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da yakuniga yetadi. Eng kam ovoz olgan ishtirokchi tanlovning keyingi bosqichida qatnashmaydi. Qolgan uch ishtirokchi esa o‘zlari va yashab turgan joylari haqida qiziqarli videolavha yozganlaridan so‘ng yarim finalda kurash olib borishadi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

«Koinot go‘zali — 2017» tanlovining saralash bosqichi uch oy ilgari boshlangan bo‘lib, uning chorak finalida O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Qirg‘iziston va Chexiyadan kimlar ishtirok etishi aniq bo‘ldi.

«Koinot go‘zali» tanlovi jahon miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha bo‘lib, unda turmushga chiqmagan 18-26 yoshli qizlar qatnashishlari mumkin. Mazkur tanlov shaxsni shakllantirish, oilaviy qadriyatlar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

«Koinot go‘zali» tanlovi g‘olibasi pul mukofoti, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. U shuningdek, xalqaro brendlarning fotosessiyalari hamda qiziqarli ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?