Daniyalik talaba qiz, asli kelib chiqishi eroniy kurd bo‘lgan Joanna Palani terrorchilarga qarshi kurashish uchun universitetdagi o‘qishini tashlab Suriyaga bordi va 100 dan ziyod IShID jangarilarini er tishlatdi deb yozadi "Vodiymedia" sayti.
Bu qiz Erondan qochqin bo‘lib xorijga ketishga majbur bo‘lgan kurd oilasi farzandi bo‘lib, Iroqdagi qochoqlar lagerida dunyoga kelgan. Keyinchalik ota-onasi bilan Daniyaga kelib o‘rnashishgan va bu erda katta bo‘lgan.
Kuchli merganlik qobiliyatiga ega go‘zal Palani 2014 yili universitetning siyosatshunoslik bo‘limidagi o‘qishni tashlab, mavjud hukumat qo‘shinlariga qarshi kurashda kurdlar safida ishtirok etish uchun Suriyaga borgan. Biroq keyinchalik u erdagi holatni to‘g‘ri baholab, terrorchilarga qarshi kurashga kirishgan hamda Kobani shahrini himoyasida faol ishtirok etgan. Uning o‘qlaridan o‘lgan terrorchilar ko‘paygan sari IShID ichida qo‘rquv oshavergan, hattoki ish shunga borganki, uning kallasi uchun terrorchilar bir million dollar mukofot va’da qilishgan.
Daniyaga qaytar-qaytmas u hibsga olingan va bir necha hafta qamoqda o‘tirishga majbur bo‘lgan. Oxirida o‘qishga qayta tiklanishga erishgan. Biroq qayta jang frontiga borishga rasmiy ruxsat tegmagan.
Hozirda Daniyada tinch hayotini davom ettirayotgan Joannani "jozibador mallasoch" deb atashadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi