13:20 / 16.02.2017
7 636

Pensionerlar nafaqa pulini qanday shaklda olishni o‘zlari tanlashi mumkin

Pensionerlar nafaqa pulini qanday shaklda olishni o‘zlari tanlashi mumkin

Pensiyalarni to‘liq hajmda naqd pulda to‘lashni ko‘zda tutgan O‘zbekiston Prezidentining 2 fevraldagi qarori mamlakatning ko‘plab pensionerlari uchun uzoq kutilgan yangilik bo‘ldi, deb yozadi «Daryo». Ayni paytda, plastik kartochkalarning afzalligini e’tirof etayotganlar ham ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Nashr tahririyatiga murojaat qilgan ayrim nafaqaxo‘rlar mazkur masalaning noaniqligicha qolayotganidan xavotirini bildirib, kartalarning ustun jihatlari: pulning tezroq tushishi, kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lovning qulayligi va hokazolarni ma’lum qilmoqda.

Shu munosabat bilan tahririyat Markaziy bank matbuot xizmatiga tushuntirish so‘rab murojaat etdi. Aniqlanishicha, Markaziy bank ham ayni shu masalada ko‘p miqdordagi murojaatlarni qabul qilib olgan. Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, pensiyani to‘lash shaklini tanlash uchun nafaqaxo‘rlar yashash joyi bo‘yicha byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga murojaat etishlari lozim.

Barcha bo‘limlar tegishli ariza blankalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda pensionerlar kelgusida pensiyani qanday shaklda — to‘liq naqd, to‘liq kartaga, qisman naqd va qisman kartaga — olishni istashini belgilashi mumkin.

MB qonunchilikka muvofiq mablag‘larni plastik kartalarga o‘tkazish fuqaroning byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limida pensiyaning bir qismini kartaga o‘tkazish haqidagi yozma arizasiga asosan amalga oshirilishini eslatib o‘tdi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi bankka fuqaro arizasida ko‘rsatilgan pul mablag‘ini o‘tkazib beradi.

Pensiyalarni to‘lash uchun naqd pullarning banklar kassasidan tarqatilishi pochta bo‘limlari jadvali asosida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pensionerlar nafaqa pulini qanday shaklda olishni o‘zlari tanlashi mumkin