date

Sergelida BYD haydovchisi qizildan o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

Sergelida BYD haydovchisi qizildan o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

Joriy yilning 7 yanvar kuni soat 16:50 larda Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida (Xonobodtepa ko‘chasi tomondan) BYD rusumli avtomashina haydovchisi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib o‘tib, 2-darajali yo‘ldan orqaga qayrilayotgan Nexia-3 bilan to‘qnashgan.

Shundan so‘ng BYD avtomashinasi to‘xtab turgan Cobalt avtomashinasiga ham kelib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan keyin BYD haydovchisi sarosimaga tushib, biroz harakatlanib ketgan va to‘xtagan. Qayd etilishicha, u YTH joyini tashlab ketmagan.

Ma’lumotda BYD haydovchisi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, shuningdek, avtomashina boshqarish ko‘nikmasi yo‘q shaxs ekani aytilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida BYD haydovchisi qizildan o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi