12:51 / 21.02.2017
6 786

Janubiy Sudanda 100 ming kishi ochlikdan qirilib ketishi mumkin

Janubiy Sudanda 100 ming kishi ochlikdan qirilib ketishi mumkin

BMT Janubiy Sudanning bir qator hududlarida ochlik tarqalganini ma’lum qildi. BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ma’lumotiga qaraganda, bu mamlakatga zudlik bilan yordam ko‘rsatilmasa, qariyb 100 ming kishi ochlikdan qirilib ketadi, deb yozadi Hilol.uz sayti.

Janubiy Sudanda 1 millionga yaqin kishi ochlik yoqasida turibdi, ularning 250 mingdan ortig‘i bolalardir. Bu erda to‘yib ovqat emaydiganlar soni aholining 40 foizini yoki 4,9 million kishini tashkil etadi.

2011 yilda mustaqilligini e’lon qilgan Janubiy Sudanda 2013 yildan beri fuqarolar urushi davom etmoqda.

BMT so‘nggi olti yil ilk bor ommaviy ochlik haqida e’lon qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Janubiy Sudanda 100 ming kishi ochlikdan qirilib ketishi mumkin