16:42 / 21.02.2017
9 767

Samarqandda milisiya podpolkovnigi pora olayotganda qo‘lga olindi

Samarqandda milisiya podpolkovnigi pora olayotganda qo‘lga olindi

Samarqand viloyati milliy xavfsizlik boshqarmasi tezkor guruh xodimlari viloyat prokuraturasi vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazgan maxsus operasiya natijasida Samarqand IIB Qo‘riqlash bo‘limi rahbari podpolkovnik Nodir Samatovni qo‘lga oldilar. Bu haqda "Sputnik O‘zbekiston"ga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.

"Podpolkovnik Samatov, amaldagi instruksiyalarni buzgan holda, bo‘limning navbatchilikka kirishgan shaxsiy tarkib xodimlarini asossiz ravishda dam olish kunlaridan mahrum qilgan. Har bir xodim qonunda belgilab qo‘yilgan dam olish kunini o‘z boshlig‘idan 200-250 ming so‘m evaziga "sotib olishga" majbur bo‘lgan. Shu tariqa, Samatov so‘nggi yil ichida o‘ziga bo‘ysungan xodimlardan 40 million so‘mga yaqin pora olgan", — deb xabar qildi MXX xodimi.

MXX xodimining so‘zlariga ko‘ra, tezkor guruh xodimlari Nodir Samatovni xizmat kabinetida, u o‘zidan quyi pog‘onada turuvchi bo‘lim komandiridan 1 million so‘m pora olayotgan vaqtda qo‘lga olishgan. Hibsga olish jarayonidan so‘ng Samarqand IIB qo‘riqlash bo‘limining barcha xodimlari podpolkovnik Samatovga qarshi ko‘rsatma bergani xabar qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda milisiya podpolkovnigi pora olayotganda qo‘lga olindi