13:46 / 24.02.2017
6 796

Vulqon og‘ziga tushib ketgan olim va yo‘lboshlovchi omon qoldi

Vulqon og‘ziga tushib ketgan olim va yo‘lboshlovchi omon qoldi

Argentinalik olim Rodolfo Alvares va unga yo‘lboshlovchilik qilgan hamrohi Nikaraguadagi 635 metrlik harakatdagi Masaya vulqoni og‘ziga tushib ketganlaridan keyin tirik qoldilar, deb yozmoqda Kun nashri.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ikki erkak vulqon krateriga po‘lat sim uzilgani sabab tushib ketishgan. Masaya bog‘i Nikaragua poytaxtiga yaqin bo‘lgani sababli ularga o‘t o‘chirish brigadasi tezda yordamga etib kelgan va ularni maxsus troslar yordamida yuqoriga chiqarib olgan.

Ma’lum qilinishicha, erkaklarda suvsizlanish alomatlari aniqlangan, biroq ayni vaqtda ularning hayoti xavf ostida emas. Jabrlanganlar ahvoli barqaror deya baholangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vulqon og‘ziga tushib ketgan olim va yo‘lboshlovchi omon qoldi