
Tatarlar – turkiy xalqlarning eng qadimiy bo‘g‘inidan. Ular nufus jihatdan kamchilikni tashkil qilsa-da, aqli o‘tkir, idroki teran va irodasi kuchli millat sifatida tasniflanadi. Bu jihat tatar xalq donishmandligining mahsuli bo‘lmish maqollarda ham o‘z aksini topgan.
Baxtni yo‘ldan izlama, bilimdan izla.
***
Do‘sting o‘zingdan yaxshiroq bo‘lsin.
***
Til aytganni quloq eshitar.
***
Daraxtni yaproq bezar, kishini hunar.
***
Olmos loyda ham — olmos.
***
Asalari bir chaqmay, asal ololmaysan.
***
Beg‘am yigit – eshakka do‘st.
***
Boyga ishonma, suvga suyanma.
***
Qumga suv sepsang bilinmaydi, qizingga berganing ko‘rinmaydi.
***
Aybdorga bir tayoq, chaqimchiga besh tayoq.
***
Aqchang bo‘lmasa ham vijdoning bo‘lsin.
***
Qimmatbaho tosh katta bo‘lmas.
***
Do‘stni xafa qilganing – dushmanni suyuntirganing.
***
Xotining chiroyli bo‘lsa, do‘stlaring so‘qir bo‘lsin.
***
Xotinning tili — laqqa cho‘g‘.
***
Kuyov keldi – xon keldi.
***
Mulla qizida ham qusur bor.
***
Tog‘ning ko‘rki – tosh, qizning ko‘rki — soch.
***
Har qopqonga o‘lja ilinmas.
***
Qirchang‘ini ming maqtama, ot bo‘lmaydi.
***
Xanjarning yuzi ikkita, yigitniki — bitta.
***
Yolg‘onning oyog‘i kalta.
***
Chumoliga shudring – to‘fon.
***
Kechuvni bilmay, suvga kirma.
***
Yakka daraxt o‘rmon bo‘lmas.
***
Qirg‘oqdagiga dengiz chiroyli ko‘rinadi, dengizdagiga esa qirg‘oq.
***
Daryo yaqinida quduq kavlamaydilar.
***
Otang dushmanini do‘st deb bilma.
***
Temirchining yo‘ldoshi – ko‘mirchi.
***
El tik tursa, sen ham tur.
***
Oting og‘ilda bo‘lgani – Xudoning inoyati,
Xotining ko‘chada yurgani – Xudoning jazosi.
XURShIDA tayyorladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar