Buxoro aeroportida ob-havo sabab 4 ta reys jadvali o'zgardi

Buxoro xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli parvozlar jadvaliga tuzatish kiritildi. 27 yanvar kuni Buxoro—Moskva (Vnukovo) yo'nalishidagi HY9607 reysi zaxira aeroport sifatida Navoiyga yo'naltirildi, yana uchta reys esa yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Ma'lum qilinishicha, HY9607 reysining Navoiydan uchib ketishi soat 11:00 da, Moskvaga (Vnukovo) yetib borishi esa 13:00 da (Toshkent vaqti bilan) rejalashtirilgan.
Shuningdek, murakkab meteorologik vaziyat sabab HY9622, HY9621 va HY9608 reyslari vaqti ham o'zgartirildi. Moskva (Vnukovo)—Andijon yo'nalishidagi HY9622 reysi soat 14:20 da uchib ketib, Andijonga 20:30 da (Toshkent vaqti bilan) qo'nadi.
Andijon—Moskva (Vnukovo) yo'nalishidagi HY9621 reysi Andijondan 19:30 da jo'nab, Moskvaga 22:15 da (Toshkent vaqti bilan) yetib boradi.
Moskva (Vnukovo)—Buxoro yo'nalishidagi HY9608 reysi esa 01:25 da uchib ketib, Buxoroga 07:10 da (Toshkent vaqti bilan) yetib kelishi belgilangan.
Yo'lovchilardan safarni rejalashtirishda jadvaldagi o'zgarishlarni inobatga olish va yangilangan ma'lumotlarni kuzatib borish so'raldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!