22:27 / 27.02.2017
8 310

Shavkat Mirziyoyev yana bir o‘zbek xonadonida mehmon bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev yana bir o‘zbek xonadonida mehmon bo‘ldi

Prezidentimiz Qarshi tumanidagi "Nukrobod" qishloq fuqarolar yig‘inining Yakka yog‘och massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan arzon uy-joylarni borib ko‘rdi, deb yozadi Darakchi nashri.

Odamlar hayotini yanada farovonlashtirish maqsadida mamlakatimizning barcha hududida yangi loyihadagi arzon, zamonaviy, shinam uy-joylar qurilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarmoqda.

Ushbu qarorga muvofiq Yakka yog‘och massivida er uchastkasi 2 sotix bo‘lgan uch xonali uylar qurildi. Bu uylarning foydalanish maydoni 63,5 kvadrat metr bo‘lib, unda ikkita yotoqxona, mehmonxona, oshxona, yuvinish xonalari va qozonxona mavjud. Hovlisida xo‘jalik binolari qurilgan.

Ikki qavatli 16 xonadonli turar-joy binolari ikki va uch xonali qilib qurilgan. Uylarda yotoqxona, mehmonxona, oshxona va yuvinish xonalari hududning iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari, xalqimizning milliy hayot tarziga oid barcha jihatlar hisobga olingan holda barpo etilgan.

O‘z uy-joyiga ega bo‘lish har bir inson hayotida qanchalik muhim ekanini barchamiz yaxshi bilamiz, dedi Prezidentimiz. Xalqimiz uyi borning o‘yi yo‘q, deb bekorga aytmagan. Buning chuqur ma’nosi bor. Bunday uy-joylar taqsimotida xalqimizga xos haqiqat va adolat mezonlariga qat’iy rioya etilishi kerak.

Qurilish materiallarining tannarxini kamaytirish hisobiga uylarning narxini yanada arzonlashtirish, tashqi injenerlik tarmoqlari – ichimlik suvi, ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash, atroflarini obodonlashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Prezidentimiz yangi uy sohiblaridan biri Alisher Ahmedov xonadonida bo‘lib, bu erda yashash uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi, dildan suhbatlashdi. Yosh oila a’zolari davlatimiz rahbariga e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Mirmiron massividagi yangilangan namunaviy loyihalar asosida qurilgan uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun issiqxona tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Ushbu issiqxona 25 gektar maydonda metal, taxta, plyonka va boshqa mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan holda barpo etiladi. Bu erda limon, mandarin va papayya kabi sitrus mevalar, pomidor, bodring, gulkaram, har xil ko‘katlar etishtirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida issiqxonada yiliga 3 milliard so‘mlik mahsulot etishtiriladi. Ularning bir qismi ichki bozor talablarini qondirsa, qolgani eksportga yo‘naltiriladi. Natijada aholi qish mavsumida ham arzon meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanadi. 229 ish o‘rni yaratilishi aholi turmush farovonligining ortishiga xizmat qiladi.

Prezidentimiz bunday issiqxonalarni qurish va ulardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, ishga malakali mutaxassislar bilan birga kollej bitiruvchilarini ham keng jalb etish borasida zarur ko‘rsatmalar berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev yana bir o‘zbek xonadonida mehmon bo‘ldi