Rossiyada ayol bolasi bilan er ostidagi qaynoq suvga tushib ketdi


Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida ayol bolasi bilan yo‘l ostidan o‘tgan qaynoq suvga tushib ketdi. Bu haqda FlashNord portali'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bolasi bilan sayr qilib yurgan ayolning oyog‘i ostida yo‘lga yotqizilgan chorqirra toshlar surilib, ayol er ostiga tushib ketgan.
Atrofdagilar unga er ostidan chiqishga yordam bergan. Onaga ham, farzandga ham katta zarar etmagan.
Aniqlanishicha, chorqirra toshlar olib borilayotgan gidravlika tadbirlari natijasida surilib ketgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…