10:28 / 01.03.2017
5 791

Yaponiyalik ayol 60 yoshida kompyuterni o‘zlashtirdi va 81 yoshida mobil ilovani taqdim etdi

Yaponiyalik ayol 60 yoshida kompyuterni o‘zlashtirdi va 81 yoshida mobil ilovani taqdim etdi

Agarda siz yoshi keksa insonlar gadjetlardan qanday foydalanishini ko‘rib, ularning ustidan kulsangiz, unda 81 yoshli yaponiyalik ayol haqida bilib qo‘yganingiz ma’qul. U shu yoshida smartfonlar uchun ilovalar yaratish bilan shug‘ullanadi.

Masako Vakamiya Yaponiyada har yilning 3 mart sanasida nishonlanuvchi Qo‘g‘irchoqlar kuni arafasida o‘zining yangi mobil ilovasini taqdim etdi.

Vakamiya markaziy banklardan birida 43 yil davomida ishlagan, 60 yoshida esa kompyuterda ishlashni o‘rganib oldi.

U yaratgan ilova Hinadan deb ataladi - u ikki so‘zdan tarkib topgan: hina ("qo‘g‘irchoq") va dan (“o‘z joyida turish”). O‘yinchi an’anaviy yapon qo‘g‘irchoqlarini kerakli tartibda joylashtirishi lozim. Agarda vazifa aniq amalga oshirilsa, maxsus xabar keladi.


Vakamayaning shaxsiy blogi ham bor bo‘lib, unda Excel’da rasmlar yaratish haqida hikoya qilinadi. Unda shuningdek videoblog ham bor – u erda ayolning O‘rta er dengiz va Yangi Zelandiyaga sayohati haqida so‘z yuritiladi. Faol hayot kechiruvchi ayolning Tokio shahrida shaxsiy klubi ham mavjud, unda nafaqaga chiqqan kishilarni to‘laqonli hayot kechirish va vaqtni foydali o‘tkazishga o‘rgatiladi.

Bu Masako Vakamiyaning o‘zining mobil ilovasini keng jamoatchilikka taqdim etgan TEDx forumidagi chiqishidan olingan tasvirlar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaponiyalik ayol 60 yoshida kompyuterni o‘zlashtirdi va 81 yoshida mobil ilovani taqdim etdi