Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetkazilgan zarar undirilmoqda

JIB Yashnobod tuman sudining 27.03.2025 yildagi ijro varaqasiga ko‘ra, “Damas” haydovchisi aybi bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida jabrlanuvchiga 100 798,2 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan va uni qoplash qarzdor M.R. zimmasiga yuklatilgan. Ijro ishi 09.07.2025 yilda qo‘zg‘atilgan, biroq qarzdor 10 kunlik ixtiyoriy muddatda zararni to‘lamagan.
JIB Yashnobod tuman sudining 27.03.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan, yo‘l-transport hodisasi "Damas" rusumli avtotransport vositasi haydovchisining aybi bilan sodir bo‘lgani sud qarorida belgilangan. Natijada jabrlanuvchi fuqaroga 100 798,2 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, ushbu summani to‘lash qarzdor M.R. zimmasiga yuklatilgan.
Mazkur ijro hujjati 09.07.2025 yilda Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, ijro ishi qo‘zg‘atilgan va qarzdorga qonunchilikda belgilangan tartibda 10 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, ushbu muddat davomida qarzdor tomonidan zarar qoplanmagan.
Shundan so‘ng majburiy ijro choralari ko‘rilgan bo‘lib, qarzdorga tegishli Damas rusumli avtotransport vositasi qidiruvga berilgan. Avtotransport vositasi keyinchalik topilib, 68 million so‘mga baholangan hamda “e-auksion” elektron savdo platformasida sotuvga chiqarilgan.
Mazkur holat yo‘l-transport hodisasi natijasida yetkazilgan zarar sud qaroriga asosan albatta undirilishini, qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etmaslik esa mol-mulkka nisbatan majburiy choralar qo‘llanilishiga olib kelishini ko‘rsatadi.































Izohlar 0
…