Namanganda qarzini uzolmagan mijozning furasi xatlandi

Namanganda qarzini uzolmagan mijozning furasi xatlandi
Qisqacha

Namanganda qarzdordan «Biznesni rivojlantirish banki» foydasiga 2 milliard so‘mdan ortiq qarzni undirish uchun unga tegishli garovdagi yuk avtomashinasi xatlandi. Fura qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirildi. MIB xodimlari mol-mulkni saqlash va keyinchalik qonuniy tartibda realizatsiya qilish choralarini ko‘rmoqda. Qarzdorlikni to‘liq undirish bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan sud qarorlari ijrosini ta’minlash va qonun ustuvorligini amalga oshirish maqsadida navbatdagi amaliy harakatlar olib borildi.

Boshqarmaning alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘basi inspektorlari qarzdorga nisbatan sudning hal qiluv qarori ijrosini ta’minlash doirasida majburiy choralar qo‘lladi.

Sud qaroriga muvofiq, qarzdordan «Biznesni rivojlantirish banki» foydasiga 2 milliard so‘mdan ortiq qarz undirilishi belgilangan. Qarzdorga tegishli garovdagi yuk avtomashinasi (fura) xatlanib, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirildi.

Ijro harakatlari davomida mol-mulkning saqlanishi, uning qiymati va keyinchalik undirish jarayonida qonuniy tartibda realizatsiya qilinishi uchun zarur barcha choralar ko‘rilmoqda.

Hozirda qarzdorlikni to‘liq undirish va sud qarorini o‘z vaqtida hamda so‘zsiz ijro etish bo‘yicha ijro harakatlari izchil davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar