19:21 / 02.03.2017
11 948

Ramzon Qodirovning qizi Firdaws brendini taqdim etdi

Ramzon Qodirovning qizi Firdaws brendini taqdim etdi

Chechen Respublikasi rahbarining qizi Ayshat Grozniyda o‘zining modalar uyi liboslar kolleksiyasini taqdim etdi. Taqdimotga Rossiya shou-biznes vakillari - Yana Rudkovskaya, Evgeniya Feofelaktova, Svetlana Bondarchuk, Tatyana Navka, Kseniya Soloveva, Timati, Nyusha, Anna Xilkevich, Olga Buzova va boshqalar maxsus mehmon sifatida taklif qilindi. Bundan tashqari, tadbirda moda sanoati etakchisi Steffano Richchi ishtirok etdi. Bu haqda "AsiaPlus"ga asoslanib "Kun.uz" yozmoqda.

"Ayshat tomoshabinlar hukmiga 30 libosni havola qildi, ularning har birini san’at asari deyish mumkin. Ularda milliy an’analar, chechen qizi libosining o‘ziga xosligi va zamonamizning so‘nggi tendensiyalari muvaffaqiyatli uyg‘unlashgan. Ayshat Qodirovaning liboslari chechen, rus, fransuz, italyan, turk va umuman barcha millatdagi qizlarga yoqadi. Bugunga qadar Evropa, Osiyoning ko‘plab mamlakatlari, Amerika va hatto Avstraliyadan ham buyurtmalar kelib tushmoqda. Shuningdek Ayshat Firdaws brendining atirini ham taqdim etdi", - deb yozadi o‘zining Instagram'ida Ramzon Qodirov.

Ramzon Qodirov tadbir bahona prodyuser Yana Rudkovskaya va rep yo‘nalishida ijod qiluvchi Timatini ham yarashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu yarashuv nafaqat umumiy surat, balki lezginka raqsi bilan yakunlangan.

Qodirovning o‘zi Rossiya prezidenti bosh kotibi Dmitriy Peskovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Navka bilan raqsga tushgan.

Ayshatning so‘zlariga ko‘ra, uning har bir libosida milliylik o‘z aksini topgan. "Bu obrazlarni yaratishimda menga onam maslahatchi bo‘ldi", - deydi dizayner.

U Firdaws brendi liboslari zamonaviy musulmon qiz-ayollar obrazini yaratishi hamda ularning umumjahon moda tendensiyalariga javob berishini qo‘shimcha qildi.

Ayshat Qodirova 2016 yilda Firdaws modalar uyini rasman boshqara boshladi. Yosh rahbar milliy elementlar bilan uyg‘unlashgan yoshlar modasiga alohida e’tibor qaratadi.






arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramzon Qodirovning qizi Firdaws brendini taqdim etdi