2 mart kuni Turkiyaning janubida joylashgan Adiyoman viloyatidagi Samsat shahrida yuz bergan 5,5 magnitudali zilzila oqibatida kamida 5 kishi yengil jarohatlar oldi. Bu haqda NTV telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Avvalroq Turkiyaning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentligi soat 14:07 da (Toshkent vaqti bilan soat 16:07) markazi Samsat shahri yaqinida bo‘lgan zilzila haqida bergan. Shundan keyin 4,4 magnitudali yana 3 ta zilzila yuz bergan. Zilzilcha o‘chog‘i 11,3 km chuqurlikda bo‘lgan.
Biroq Evropa-O‘rta er dengizi seysmologiya markazining ma’lum qilishicha, zilzila kuchi 5,8 magnitudani tashkil qilgan va o‘chog‘i 2 km chuqurlikda bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, shuningdek bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Samsat va yaqin atrofdagi qishloqlarda ko‘plab uylarga shikast etgan.
Turkiya seysmik faol zonada joylashgan va bu erda yuz beruvchi zilzilalar ba’zida qurbonlarga olib keladi. Turkiyada eng kuchli zilzilalardan biri 1999 yilda Marmar dengizi hududida qayd qilingan. O‘shanda zilzila kuchi 7,4 magnitudani tashkil qilganva uning oqibatida 18 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”