21:20 / 02.03.2017
10 235

Tugmachami yo tilla? O‘zbekistondan yashirin tilla olib chiqib ketayotganlar qo‘lga tushdi

Tugmachami yo tilla? O‘zbekistondan yashirin tilla olib chiqib ketayotganlar qo‘lga tushdi

Davlat bojxona qo‘mitasining “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga oid bir nechta qonunbuzarlik holatlari fosh qilindi.

“Toshkent-Dehli” yo‘nalishidagi parvoz oldindan samarqandlik J.Ahadov 11,5 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi 180 gr tillani yashirin yo‘llar bilan olib chiqishning antiqa yo‘lini tanladi. Uning shimi tugmalari yasama tarzda oltindan qo‘yilgani va bojxonachilarni chalg‘itish maqsadida ustidan bo‘yalgani aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

Qolaversa, bojxona chegaralarini kesib o‘tish paytida jismoniy shaxslar tomonidan to‘ldiriladigan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasining 5-bandida har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning miqdori aniq ko‘rsatilishi shart.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tugmachami yo tilla? O‘zbekistondan yashirin tilla olib chiqib ketayotganlar qo‘lga tushdi