date

Farg‘onada janjal fuqaroga 56 millionga tushdi

Farg‘ona viloyatida oddiy ko‘cha tortishuvi katta moliyaviy yo‘qotishga aylandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining 2025 yil 11 noyabrdagi qaroriga muvofiq, fuqaro M.A.dan davlat foydasiga 56 250 000 so‘m miqdorida jinoyiy jarima undirish belgilangan edi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida mazkur jarima mablag‘i to‘liq undirib olingani ma’lum qilindi.

Holatga nazar tashlasak, bir necha daqiqalik asab va nazoratsiz harakat “qimmat dars” bo‘lib chiqdi: ko‘cha janjali qarzdor uchun 56 million so‘mlik chiqimga aylandi.

Jarimani to‘lash paytida fuqaro hazilomuz tarzda: “Ko‘chada mushtlashgandan ko‘ra, boks zaliga borganim arzonroq ekan. Hech bo‘lmasa abonement olib, sog‘liqqa foyda qilardim”, degan.

Mutaxassislar ham shunga urg‘u bermoqda: ortiqcha energiya va asabni janjal orqali emas, sport orqali chiqarish — ham sog‘liq, ham byudjet uchun ancha ma’qul.

Jamoat tartibini buzish esa faqat ma’muriy yoki jinoyiy javobgarlik bilan cheklanmaydi. U ko‘pincha jiddiy moliyaviy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada janjal fuqaroga 56 millionga tushdi