date

Pop tumanida ota salkam 225 mln so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi

Pop tumanida ota salkam 225 mln so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi
Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan huquqiy tushuntirish va profilaktik chora-tadbirlar samarasida qarzdor fuqaro S.I. o‘z otalik burchini to‘liq ado etdi.

U farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment majburiyatini bir martalik to‘lov asosida bajardi. Salkam 225 million so‘m aliment qarzi farzandlari voyaga yetgunga qadar bir yo‘la to‘liq undirib berildi.

Mazkur holatda eng muhimi — bolalarning qonuniy huquqlari ta’minlandi, ularning kelajagi uchun zarur bo‘lgan mablag‘ qonun doirasida undirildi.

Qarzdor tomonidan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan:

- unga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar bekor qilindi;
- ijro hujjati qonun talablariga muvofiq ijro etildi.

Ma’lumot uchun: aliment to‘lovlari — bu faqat majburiyat emas, balki farzandlar oldidagi muqaddas burch hisoblanadi.

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar aynan shu maqsadga — voyaga yetmaganlarning huquq-manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi huquqiy ongini oshirish va bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Pop tumanida ota salkam 225 mln so‘m alimentni oldindan to‘lab berdi