
Bugun, 5 mart kuni soat taxminan 11:00 da Toshkentdagi “Osiyo” ko‘chasidagi qurilish ishlari olib borilayotgan ma’muriy bino ichida yong‘in sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi vakili Baxtiyor Po‘latov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, olov qurilish ishlari ketayotgan bino ichida, zinapoya tagidagi mayda qurilish materiallari joylangan kichik hududda chiqqan.
Taxminlarga ko‘ra, olov to‘l, yog‘och bo‘laklari uyib qo‘yilgan joyga tamaki qoldig‘ining tashlanishi oqibatida kelib chiqqan.
Bino ichidagilar atrofni tutun bosganidan keyingina yong‘in boshlanganini bilishgan.
Ko‘rilgan tezkor chora tadbirlar natijasida, yong‘in bir necha daqiqa ichida o‘chirilgan. 10 kv metr maydonda sodir bo‘lgan ushbu yong‘in chog‘ida hech kimga zarar etmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar