date

Namanganda alimentdan qochgan ota molxonada qo‘lga olindi

Namanganda alimentdan qochgan ota molxonada qo‘lga olindi

Namangan viloyatida farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lashdan uzoq vaqt davomida bo‘yin tovlab kelgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirlar davomida ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, sud qaroriga muvofiq To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro o‘z qaramog‘idagi farzandlarini moddiy ta’minlash maqsadida belgilangan miqdorda aliment to‘lashi shart bo‘lgan. Biroq u uch yildan ortiq vaqt mobaynida mazkur majburiyatni bajarmasdan, qasddan yashirinib yurgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, uning uzoq vaqt to‘lovdan qochib kelishi oqibatida aliment bo‘yicha qarzi 100 million so‘mdan ortiq miqdorga yetib qolgan.

Olingan tezkor ma’lumotlar asosida Majburiy ijro byurosi xodimlari qarzdor shaxsning yashash manzilini aniqlab, uning uyiga borishgan. Ammo fuqaro huquq-tartibot organlari vakillarini ko‘rib, voqea joyidan qochishga uringan.

Tezkor harakatlar natijasida u qo‘shni xonadon hududida joylashgan molxonaga berkinib olgan holda topilib, ushlab kelingan.

Ma’lum qilinishicha, qarzdorga nisbatan amaldagi qonunchilik talablari asosida ma’muriy chora ko‘rilgan. Xususan, u 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda alimentdan qochgan ota molxonada qo‘lga olindi