
Toshkent shahrida shu yilning 3 martidan 8 martigacha shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari davomida ettita fohishaxona va qo‘shmachilik jinoyatlari aniqlangan. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Tadbirlar fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanish, jamoat joylarida spirtlik ichimliklar iste’mol qilinishini oldini olish maqsadida tashkil etilgan. Fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi tartibida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 19 nafar, jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan 367 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing