9 483
Toshkentda 31 maktab va 5 kollej o‘quvchilari «Siniy kit» o‘yini ishtirokchisi ekanligi aniqlandi
Bugungi kunda yoshlar va voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik, eng achinarlisi, ularning Internet ijtimoiy tarmoqlarida ommalashib borayotgan “Siniy kit” va boshqa shu kabi o‘z joniga qasd qilish darajasigacha olib boruvchi o‘yinlarga kirib ketayotganligi barchani tashvishga solmoqda, deb yozadi Kun nashri.
Toshkent shahar ichki ishlar idoralari tomonidan olib borilayotgan “Davomad” tadbirlari davomida har bir o‘quvchi-yoshlarning uyali telefon apparati tekshirilganda, 31ta maktab va 5ta kollej o‘quvchilari “SINIY KIT” o‘yini ishtirokchilariga aylanganligi aniqlandi. Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan matbuot brifingida IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev shu haqda ma’lum qildi.
Bu kabi o‘yinlarga ilakishib qolgan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi, ularga malakali psixologlar biriktirilib, kuzatuv ostiga olindi. Hozirgi kunda barcha voyaga etmaganlar o‘rtasida bunday salbiy holatlarning oldini olish borasida barcha ta’lim muassasalarida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ta’lim muassasalaridagi davomadlar, o‘quvchi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini o‘zlashtirib borish holatini o‘rganish maqsadida, poytaxt hududidagi 322ta maktablardan 26tasida, 78ta kollej va 41ta liseylardan 18tasida “Davomat” tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, 9 mart kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida bo‘lib o‘tgan profilaktika tadbirlarida Kun nashri muxbiri ham bevosita ishtirok etdi. Jumladan, Yashnobod tumani “Mehmonxona xo‘jaligi” kollejida o‘tkazilgan “Davomat” tadbiri guvohi bo‘ldi.
Ammo, ta’lim muassasalarining o‘quvchi yoshlari, ularning ota-onalari o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish va profilaktika tadbirlariga qaramasdan 217 nafar maktab, 306 nafar kollej, 27 nafar lisey o‘quvchilari turli sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotganligi aniqlandi.
Bunday holatlarning oldini olish maqsadida, 69 ta ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida sayyor muhokamalar o‘tkazildi, 27 nafar ota-onalarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi