date

Rishtonda MIB orqali aka-uka o‘z ulushiga ega bo‘lishdi

Rishtonda MIB orqali aka-uka o‘z ulushiga ega bo‘lishdi
Rishton tumanining bir chekka qishlog‘ida Faxriddin va Zuxriddin o‘rtasidagi uy-joy masalasi oddiy kelishmovchilikdan boshlanib, yillar davom etgan og‘ir janjalga aylandi. Otadan qolgan meros — ikki aka-uka uchun baravar bo‘linishi kerak bo‘lgan uy — tinchlik emas, balki keskin ixtilof sababiga aylandi.

Janjallar shu darajaga yetdiki, ukani buyumlari yoqib yuborilgani oqibatida taxminan 12 mln 400 ming so‘mlik zarar yetdi. 2024 yilda bu holat bo‘yicha ijro ishlari boshlangan bo‘lsa-da, 2025 yil 12 fevralda masala qayta ko‘rib chiqildi.

Kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, uy qonuniy tarzda ikki qismga ajratildi. Sud qaroriga asosan har ikki tomonga teng ulush berildi va uka o‘z qismiga ko‘chirib kiritildi. Shu tariqa uzoq davom etgan tortishuvga huquqiy nuqta qo‘yildi.

Bu voqea yana bir haqiqatni eslatadi: meros — boylik emas, avvalo mas’uliyat. Qonunga amal qilinmasa, oilaviy kelishmovchiliklar nafaqat mol-mulkka, balki qarindoshlik rishtalariga ham jiddiy zarba berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Rishtonda MIB orqali aka-uka o‘z ulushiga ega bo‘lishdi